Главная » 2018 » Апрель » 20 » Politexnika instituti o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi
20:48

Politexnika instituti o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi


Ustoz hamisha otadek ulug‘lanadi. Chunki u shogirdining kelajagi uchun bor ilmi, qalb-qo‘rini beradi. O‘quvchisining yangi marralarni zabt etganidan quvongan ustoz, farzandining yutuqlaridan shodlangan ota... Bu o‘rinda ularning holati bir biriga juda o‘xshab ketadi.

Afsuski, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi degani ham bor gap. Jizzax viloyati korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir “natijasi” kishini o‘yga toldiradi.

Tezkor tadbirda institut o‘qituvchisi Jo‘raqul Qoraev 4-bosqich talabasi Mirsolih Bobojonovdan 100 dollar talab qilib, 800 ming so‘m pulni ushbu ta’lim muassasasining o‘quv xonalaridan birida firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. (Materialda keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan, to‘g‘ri kelgan har qanday o‘xshashlik tasodif sanaladi).

Ma’lum bo‘lishicha, Mirsolih Bobojonov G‘allaorol tumani, Sarbazor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. U ayrim sabablarga ko‘ra o‘qituvchi Qoraevning darslarida qatnashmagan. O‘qituvchi talabadan qoldirilgan darslar o‘rnini “to‘ldirish” uchun 100 dollar berishini talab qiladi. Mirsolih Bobojonov o‘qituvchining bu hatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi O‘zA.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pora olayotganda, o‘qituvchisi, Politexnika instituti, qo‘lga tushdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя