Главная » 2018 » Апрель » 16 » Qashqadaryodagi xonadonda yuz bergan portlashda ona-bola halok bo‘ldi
12:48

Qashqadaryodagi xonadonda yuz bergan portlashda ona-bola halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 14-aprel ro‘y bergan portlashda ona-bola halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 01:00 larda “Obod” mahallasi, Gulzor ko‘chasida yashagan, 1982-yilda tug‘ilgan F.Karimova uyi xammomida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida shu yerda bo‘lgan 50 litr hajmli gaz ballonidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasi portladi. Hammom oldida joylashgan o‘tinxonaga o‘t ketdi.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida F.Karimova va uning onasi, 1953-yilda tug‘ilgan M.Turdiyevaning kuygan holdagi jasadlari topildi.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: portlash, ona-bola, Qashqadaryo, yuz bergan, xonadon, halok bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя