Главная » 2018 » Январь » 31 » Qimmatbaho seriali haqida batafsil (+Voqealar rivoji)
19:37

Qimmatbaho seriali haqida batafsil (+Voqealar rivoji)


Film Xishom va Jamilaning baxtiyor hayoti bilan boshlanadi. Jamila oddiy ziyoli oilaning farzandi. Xishom Jamilaga uylanishini qizning onasi xohlamaydi. Chunki Xishom u paytda talaba edi. Nikoh o‘qitishganidan so‘ng xarobaroq bir uyni sotib olib, o‘z qo‘llari bilan ta’mir qilishadi. Jamila homilador bo‘lib, tug‘ayotgan paytida eri diplom himoya qilayotgani sababli kela olmaydi. Jamila balerina edi. Uning dugonasi Laylo badavlat oiladan bo‘lib, elchining qizi edi. Jamila balet sohasida yuqori cho‘qqilarga erisha boshlaydi. Dugonasi Laylo Jamilaning baxtli hayotiga hasad qilib, uning oilasiga tez-tez serqatnov bo‘la boshlaydi, hatto Jamilaning qizi Oyshani o‘ziga og‘diradi va Xishomning ham qo‘yniga kira boshlaydi. Jamila eri Xishomning xiyonatini seza boshlagach, uni kuzatadi. Natijada erining xiyonati fosh bo‘ladi. Jamila arazlab uyidan chiqib ketadi va mustaqil hayot boshlaydi. Laylo fursatdan foydalanib, Xishomning muhabbatini yanada qozonish uchun unga eng qimmatbaho soat va bankdan uning hisobiga katta qiymatga ega pulni o‘tkazib, hadya qiladi va Xishom Layloning boyligiga uchib unga uylanadi. Shundan so‘ng Laylo homilador ekanligini ma’lum qiladi. Aslida Laylo Ziyod ismli shaxs bilan fuqarolik nikohida yashab yurgan bo‘ladi va Laylo kutayotgan farzand Ziyodning zurriyodi edi. Shu orada Ziyod pulga muhtoj bo‘lib qoladi va Jamiladan qarz so‘raydi. Jamila Ziyodga pul bermasligini aytganida Ziyod Jamilaga muhim bir sirni oshkor qilib, Layloning homilasi o‘zidan ekanligini aytadi. Shundan so‘ng Jamilaning qalbida Xishomga nisbatan iliqlik paydo bo‘la boshlaydi. Xishom Laylo bilan turmush qurib yashaganidan buyon, Jamilaga qanday xiyonat qilishni boshlagan bo‘lsa, Layloga ham xuddi shunday xiyonat qiladi va xiyonati fosh bo‘lganida, urushib, arazlashib qolishadi. Laylo Xishomning xususiy kasalxonasini advokatga katta miqdorda pora berib o‘ziga o‘tkazib oladi. Xishom Jamila bilan yarashib olib, avvalgi oilasini qayta tiklab baxtli hayot kechiradi. Laylo buni ko‘rib yanada qattiq hasad va rashk qilib, Jamila sahnada balet o‘ynayotgan paytida otib o‘ldirish uchun kirib borayotganida Ziyod Layloning ortidan kelib... Davomini serialni kuzatib borsangiz, bilib olasiz


Manba: "tarona.tv"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Qimmatbaho | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя