Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Rossiyalik 90 yoshli kampir ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi
11:47

Rossiyalik 90 yoshli kampir ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi


Rossiyalik 90 yoshli buvijon xotiralar yozish va Instagramkuzatuvchilari bilan muloqotda bo‘lishni juda xush ko‘radi, deb yozadi“Lady.mail.ru” nashri.  

Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yashovchi 90 yoshli Raisa Gladskix nabirasining yordami bilan ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni o‘rganib, Instagram da o‘z akkauntini ochdi va mashhurlikka erishdi. Kampir shaxsiy blogida o‘z xotiralari va hayotidagi eng muhim voqealar bilan o‘rtoqlashadi.  

Raisa buvi o‘z sahifasiga fotosuratlarini joylashtiradi, shaxsiy fikrlarini, xotiralarini yozib qoldiradi. Bundan tashqari, barcha foydalanuvchilarning izohlarini o‘qib, ularga javob yozadi. Ijtimoiy tarmoq sarhadlarida sayr qilishda kampirga nevaralari yordam beradi, ulardan biri professional fotosuratchidir.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kampir ijtimoiy tarmoq yulduzi, Rossiyalik, 90 yoshli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя