Главная » 2020 » Октябрь » 22 » Samarqandda erkak xotinini o‘ldirib qo‘ydi. So‘ng...
14:44

Samarqandda erkak xotinini o‘ldirib qo‘ydi. So‘ng...


Samarqandning Pastdarg‘om tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Tumanning Zangiboy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda. Manbamizga ko‘ra, voqelik kuni kecha yuz bergan. Fojiaga er-xotin o‘rtasida yuz bergan oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani ehtimoli yuqori.

«Xabar.uz» so‘roviga peshonasi tirishibgina javob bergan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov voqelik yuz berganini tasdiqladi. Yana aniqlik kiritdiki, er (1991 yilda tug‘ilgan) turmush o‘rtog‘ini (1996 yilda tug‘ilgan) kaltaklab emas, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan. So‘ng jinoyatini yashirish maqsadida go‘yoki ayoli o‘z joniga qasd qilganday taassurot uyg‘otishi uchun murdani yashash uyining qurilishi tugallanmagan qismiga olib kirib, arqondan yasalgan sirmoqni bo‘yin qismiga bog‘lab qo‘yadi. So‘ng xotini «o‘zini o‘zi osib qo‘ygani» haqida IIBga xabar beradi.

Biroq tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv o‘tkazish jarayonidayoq asl voqelikni aniqladi. Shu tariqa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan «ish» qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Darvoqe, Bosh prokuratura mas’uli bilan qisqa muloqot jarayonida quyidagicha savol o‘rtaga tashlangandi: sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar hamda ularning fosh etilgani haqida muntazam axborot berib kelgan prokuratura keyingi paytda «passivlashdi», nega?

Savol ochiq qoldi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: so‘ng, Erkak, xotinini, Samarqandda, o‘ldirib qo‘ydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя