Главная » 2021 » Октябрь » 15 » Ser Aleks Fergyuson “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanini aytdi
18:35

Ser Aleks Fergyuson “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanini aytdi


Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining afsonaviy bosh murabbiyi Aleks Fergyuson “Oltin to‘p” mukofoti uchun Ronaldu loyiq ekanligini aytdi. Bu haqda “Times” nashri xabar berdi.

“Menimcha, Krishtianu “Oltin to‘p” mukofotini yutishga haqli. Ronaldu bu yil qator rekordlarni yangiladi. Ko‘ramiz, yakunda nima bo‘larkin”, deydi Fergyuson.

Ma’lumot uchun, Ronaldu MYU safida joriy mavsum 6 o‘yinda 5 ta golga mualliflik qildi. Joriy yil davomida esa jami 38 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladi. Avvalroq, “France Football” mukofotga da’vogar 30 nafar o‘yinchidan iborat ro‘yxatni e’lon qilgan edi:

  • Nikolo Barella (“Inter”)
  • Karim Benzema (“Real”)
  • Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”)
  • Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)
  • Jorjo Kellini (“Yuventus”)
  • Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”)
  • Ruben Diash (“Manchester Siti”)
  • Janluiji Donnarumma (PSJ)
  • Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”)
  • Fil Foden (“Manchester Siti”)
  • Erling Xoland (“Borussiya” D)
  • Jorjino (“Chelsi”)
  • Xarri Keyn (“Tottenxem”)
  • N‘golo Kante (“Chelsi”)
  • Simon Kyaer (“Milan”)
  • Sesar Aspilikueta (“Chelsi”)
  • Robert Levandovski (“Bavariya”)
  • Romelu Lukaku (“Chelsi”)
  • Riyad Mahrez (“Manchester Siti”)
  • Lautaro Martines (“Inter”)
  • Kilian Mbappe (PSJ)
  • Lionel Messi (PSJ)
  • Luka Modrich (“Real”)
  • Jerar Moreno (“Vilyarreal”)
  • Meyson Maunt (“Chelsi”)
  • Neymar (PSJ)
  • Pedri (“Barselona”)
  • Muhammad Saloh (“Liverpul”)
  • Rahim Sterling (“Manchester Siti”)
  • Luis Suares (“Atletiko”).

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Oltin to‘p, Ser Aleks Fergyuson | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя