Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Shahruh Khan Rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan filmda suratga tushadi
18:48

Shahruh Khan Rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan filmda suratga tushadi


Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biri Shohruhxon rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan “Viy-3” filmida suratga tushadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“ ‘Viy-3’ sifatida ham mashhur bo‘lgan ‘Hindistonga sayohat: mangulik ostonasida’ filmi taniqli aktyor Shohruhxondek yangi hamkorga ega bo‘ldi. Mazkur filmda u aktyor, prodyuser sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, filmda aktyor Ranbir Kapur ham ishtirok etadi”,—deydi Petruxin Mumbay shahrida o‘tkazilayotgan Hindiston kinosi kunlarida. 

Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning shu nomdagi asari asosida suratga olingan rejissyor Oleg Stepchenkoning "Viy" filmi 2014 yilda Rossiyaning eng kassabop filmi bo‘ldi. Film muvaffaqiyatidan so‘ng ijodkorlar uning davomini suratga olishga qaror qildi. 

Hozirgi paytda ‘Viy-2. Xitoyga sayohat’ filmi ustida ish olib borilmoqda. Filmning uchinchi qismi voqealari Hindistonga ko‘chadi.

Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya kinosi kunlari festivali 18 noyabrga qadar davom etadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Rossiyalik, Shahruh khan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя