Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Shohruhxonning 2017 yilda o‘tkaziladigan konsert dasturining kunlari ma’lum bo‘ldi
10:30

Shohruhxonning 2017 yilda o‘tkaziladigan konsert dasturining kunlari ma’lum bo‘ldi


Estradamizning yorqin yulduzi Shohruhxonning 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturining kunlari ma’lum bo‘ldi. 11-, 12-, 13-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida, soat 19:00 da “Shaydo” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturiga sevimli xonandangiz barchangizni taklif etadi. Mazkur konsertning chiptalarini bugundan sotuvga chiqdi. Chiptalarni “Istiqlol” san’at saroyi kassalaridan harid qilishingiz mumkin. Kutilayotgan konsert dasturiga allaqachon tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan va  ushbu dastur kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘lishi, shu kungacha bo‘lib o‘tgan konsert dasturlaridan butkul farq qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, xonanda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga marojaat qilgan holda, yangi qo‘shiq yaratdi. Mazkur tarona yaqin kunlarda saytimiz orqali omma e’tiboriga havola etiladi. Shohruhxonga omad tilaymiz va yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shohruhxon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя