Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Suyaklaringiz mustahkammi? Tekshirib ko‘ring!
13:25

Suyaklaringiz mustahkammi? Tekshirib ko‘ring!


Suyaklaringiz o‘ziga nihoyatda kerakli bo‘lgan kalsiydan judo bo‘lmayaptimi, osteoporoz sizga xavf solmayaptimi? Quyidagi test savollariga javob berib, buni aniqlashingiz mumkin.

  • Qaddi-qomatingiz juda nozik — 1 ball.
  • Tabiatan oqbadan va mallasochsiz — 1 ball.
  • Yaqinlaringiz osteoporozdan aziyat chekishadi — 3 ball.
  • Sport bilan muntazam shug‘ullanasiz — 1 ball.
  • Doim jismoniy zo‘riqish talab qiladigan ishlarni bajarasiz — 2 ball.
  • Spirtli ichimliklar iste’mol qilib turasiz — 1 ball.
  • Tez-tez achchiq qahva ichib turasiz — 1 ball.
  • Gazli ichimliklarni yaxshi ko‘rasiz — 1 ball.
  • Tvorogli mahsulotlarni xush ko‘rmaysiz (yoki shunchaki yemaysiz) — 1 ball.
  • Tuzli yemaklarga toqat qilolmaysiz — 1 ball.
  • Parhez tutishga bir necha bor uringansiz — 1 ball.
  • Chekasiz — 1 ball.
  • Kamharakat hayot tarzi kechirasiz — 1 ball.
  • Uzoq vaqt davomida glyukokortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) qabul qilgansiz — 5 ball.
  • Sizda qalqonsimon bez faoliyati yuqori — 1 ball.
  • Birinchi hayzni 17 yoshdan so‘ng ko‘rgansiz — 1 ball.
  • So‘nggi yillarda bo‘yingiz biroz pasayganini his qilayapsiz (3 sm.dan ko‘proq) — 1 ball.
  • Sizda allaqachon klimaks boshlangan — 1 ball.
  • So‘nggi marta oy ko‘rganingizga:
    • 6-12 oy — 1 ball.
    • 2 yil — 2 ball.
    • 3-5 yil — 3 ball.
    • 6-10 yil — 4 ball.
    • 10 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan — 5 ball.

Inkor javoblarga ball hisoblanmaydi.

Natijalar

0 dan 5 gacha: xursand bo‘lishingiz mumkin, osteoporoz xavfi uncha katta emas. Sog‘lom turmush tarzi kechiring, to‘g‘ri ovqatlaning. Taomnomangizga tvorogli, sutli mahsulotlarni kiriting. Kunjut urug‘i ham kalsiyga juda boy.

6 dan 10 ballgacha: suyaklar tizimingizga alohida e’tibor qaratishingizga to‘g‘ri keladi. Jismoniy faollikni oshiring, ammo me’yorni unutmang. Taomnomangizda kalsiyga boy mahsulotlarni ko‘paytirishga harakat qiling. Kalsiy yaxshi o‘zlashtirilishi uchun D vitamini qabul qilish va toza havoda ko‘proq bo‘lish lozim. Sizga dori ko‘rinishidagi kalsiy ham yordam berishi mumkin.

11 balldan yuqori: organizmingizda kalsiy yetishmovchiligi yaqqol sezilib turibdi. Suyaklar o‘ta nozikligi hamda sinuvchanligining oldini olish uchun darhol travmatolog-ortopedga murojaat qiling va davolanish kursini o‘tkazing.


Категория: Maslaxatlar | | Теги: usul, Suyaklar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя