Главная » 2017 » Август » 15 » Talaba bo‘la olmagan abiturientlar uchun hali imkoniyat bor: ChDPI imtihonsiz qabul qiladi
23:30

Talaba bo‘la olmagan abiturientlar uchun hali imkoniyat bor: ChDPI imtihonsiz qabul qiladi


Prezident qaroriga muvofiq Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yangidan tashkil etilgan Chirchiq davlat pedagogika institutida joriy yil 20ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 750 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan edi. Bu haqda Kun.uz'ga xabar bergan Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati talabalikka quyidagi tavsifga mos keladigan abiturientlar qabul qilinishini bildirgan:

«Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan, ushbu viloyat tumanlaridagi ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan shakllantiradi».

Soddaroq qilib aytsak, Toshkent viloyatida «​propiska»​siga ega, shu yil pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirib, OTMlardan biriga hujjat topshirgan, ammo talaba bo‘lish nasib etmagan yoshlar uchun yana imkoniyat bor. Doimiy yashash joyidagi pedagogik xodimlarga bo‘lgan talabga qarab, kirish natijalarida eng yuqori reytingda kira olmagan abiturientlar bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Chirchiq davlat pedagogika institutiga abiturientlar imtihonsiz, to‘lov-kontrakti asosida talabalikka qabul qilinadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Imtixon, test, talaba, abiturient | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя