Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Toshkentdagi metan zapravkalarning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatildi
12:29

Toshkentdagi metan zapravkalarning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatildi


Toshkent shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining gaz uzatish grafigiga 7-dekabrdan boshlab vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent” direktori vazifasini bajaruvchi Dilshod G‘ofurov tomonidan gaz zapravkalari rahbarlariga yuborilgan xatga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Faksogrammada qayd etilishicha, mazkur qaror havo keskin sovub ketgani sabab aholini, ijtimoiy va strategik obyektlarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shu sababli poytaxtdagi 54 ta gaz zapravkasining barchasi yangi jadval bo‘yicha ishlaydi, ya’ni soat 17:00 dan 05:00 ga qadar gaz ta’minoti uziladi.

“Hududgazta’minot” kompaniyasi ushbu xabarni tasdiqlagan va avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari issiqlik ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning katta diametrli gaz trubalariga ulanganini ta’kidlagan.

“Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi alohida mahallalar aholisini, shuningdek, Shayxontohur, Uchtepa, Chilonzor tumanlaridagi ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarni issiqlik bilan ta’minlovchi issiqlik markazlarini talab etilgan parametrlarga mos tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan AGTShlarga tabiiy gaz yetkazilishini vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

“Hududgazta’minot”ning aniqlik kiritishicha, cheklov “magistral gaz quvurlaridagi bosim normallashgungacha” joriy etiladi.

Avvalroq Toshkent shahridagi 54 ta gaz taqsimlash stansiyalarida yangi ish jadvali joriy etilishi va navbatma-navbat (birdaniga emas), har uch kunda bir marta — soat 19:00 dan 07:00 ga qadar gaz ta’minotini to‘xtatib turish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Energetika vazirligi 1-noyabrdan Toshkentdagi gaz “zapravka”lari ish tartibiga o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zapravkalarning, ishlash vaqtiga, o‘rnatildi, Toshkentdagi, metan, cheklov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя