Главная » 2017 » Февраль » 6 » Vazirlar Mahkamasi xorijiy valyutani sotishga oid yangi qarorni qabul qildi
09:48

Vazirlar Mahkamasi xorijiy valyutani sotishga oid yangi qarorni qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
 

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi belgiland

 Yangi tartibga ko‘ra, tovarlar va xizmatlarni eksportga sotishdan olingan xorijiy valyutadagi tushumning 25 foizi vakolatli banklarga majburiy sotilishi kerak, eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumning 50 foizi majburiy sotilishi kerak bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning alohida turlari bundan mustasno.
 
16 turdagi tovar va xizmatlar ro‘yxatning mustasno bo‘lgan qatoridan joy olgan bo‘lib, tushumning 50 foizi xorijiy valyutada bo‘lishi lozim. Bu tovarlar va xizmatlar qatoriga bug‘doy, barcha turdagi oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz tarmog‘ining boshqa mahsulotlari, vodorod, inert gazlar va boshqa metall bo‘lmagan gazlar, rux va undan tayyorlangan buyumlar, gidrazin va gidroksilamin hamda ularning noorganik tuzlari, boshqa noorganik asoslar, oksidlar, gidroksidlar va boshqa metallar peroksidlari, uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va undan tayyorlangan buyumlar, boshqa qimmatli bo‘lmagan metallar, metallokeramika, ulardan tayyorlangan buyumlar, aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlari, bank xizmatlari kiradi.

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Vazirlar Mahkamasi, xorijiy valyuta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя