Главная » 2020 » Июнь » 18 » Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus aniqlandi
15:50

Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus aniqlandi


18 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 2 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
«Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan.
Jumladan, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Hozirda paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz kecha, 17 iyun kuni o‘z manbalariga tayanib Vazirlar Mahkamasi departament mudiriga COVID-19 tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.
Bir necha manba hukumat binosi qat’iy karantinga olinib, barcha xodimlar koronavirusga test topshirayotganini bildirgan.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Vazirlar Mahkamasi, karantin, virus, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя