Главная » 2020 » Май » 6 » Yana ikki viloyatdan 21 nafar bemor tuzaldi
18:42

Yana ikki viloyatdan 21 nafar bemor tuzaldi


Shu  soatlarda yurtimizning yana ikki hududidan: Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 167 nafarga yetdi.
Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Andijon shahridan, 2 nafari Xo‘jaobod tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 133 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugunning o‘zida  76 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1577 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2231 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bemor, tuzaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя