Главная » 2017 » Июнь » 21 » Yigitali Mamajonov: Rayhonga uylanishdan zarracha mashhurlikni ko‘zlamaganman
09:52

Yigitali Mamajonov: Rayhonga uylanishdan zarracha mashhurlikni ko‘zlamaganman


Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyu jurnalist Feruz Muhammad tomonidan uyushtirildi.

Suhbat davomida aktyor xonanda Rayhon bilan kechgan birinchi turmushi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Yigitalining so‘zlariga ko‘ra, uning taniqli xonandaga uylanishdan maqsadi mashhurlikka erishish bo‘lmagan.

Yo‘q, zarracha ham unday emas. Kichkinaligimdan menga yordam qilishlarini xohlamas edim, kimdir yordam qilmoqchi bo‘lsa: “Yo‘q, kerak emas, o‘zim qilaman!”, derdim. Bitta ish qilyapmanmi, misol uchun yer kavlayapmanmi, shu ishga ikkinchi odamni aralashtirmasdan o‘zim qilardim. Chunki shu ishni men bajarmasam, bu meniki bo‘lmay qoladi. Mening Rayhon bilan tanishuvim shunchaki bir ish yoki mashhurlik uchun ko‘zlangan harakat emas edi — bu muhabbatdan edi.

Avvalo, mashhurlik insonga bog‘liq emas. Masalan, ko‘p mashhur aktrisalarning erlari mashhur emas — nari borsa ora-orada bir ikki gapirib turadi, xolos. Mashhurlik avvalo Xudodan — agar Alloh xohlasa, nazari tushsa, o‘zi mashhurlik beradi. Bu narsa insonga bog‘liq emas. Men o‘zimni kuchimga ishongan insonman.

Yigitali Mamajonov, aktyor

Yigitali Mamajonov bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Aktyor suhbat davomida bolaligi, oilasi, xonanda Rayhon bilan ajrashgandan so‘ng nima uchun chet elga ketib qolgani, Chimkentda ochgan gul do‘koni, qo‘shimcha bizneslari, kino hamda kliplardagi faoliyati hamda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida to‘xtalib o‘tgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, Yigitali Mamajonov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя