Главная » 2017 » Январь » 12 » Yulduz Usmonova “Istiqlol” sahnasida 13 kun konsert beradi
09:56

Yulduz Usmonova “Istiqlol” sahnasida 13 kun konsert beradi


10 yillik tanaffusdan so‘ng katta sahnalarga qaytgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert berishini kutayotganlar talaygina. Xonanda O‘zbekistondagi eng muhtasham saroylardan biri bo‘lgan “Istiqlol”da so‘nggi bor 2007 yilda konsert bergandi.
 
Katta sahnalarga qaytgan Yulduz Usmonova va nihoyat konsert kunlarini e’lon qildi.
 
Ishonchli manbalarimiz yetkazgan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 10 yillik tanaffusdan keyingi ilk konsert dasturi 11-23 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
 
Usmonova navbatdagi konsert dasturini “Ey, aziz inson”deb nomladi. 13 kunlik konsert dasturining chiptalari qachon sotuvga chiqishi va narxlari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Istiqlol, Konsert, Yulduz Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя