Главная » 2016 » Декабрь » 6 » Yulduz Usmonova Shavkat Mirziyoevni qutlash tadbirida ishtirok etdi
10:29

Yulduz Usmonova Shavkat Mirziyoevni qutlash tadbirida ishtirok etdi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiligiga o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib Shavkat Mirziyoev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgani va nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik.
 
Mazkur tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari, yoshlar ishtirok etdi.
 
Shavkat Mirziyoevni qutlagani yig‘ilganlar orasida taniqli san’atkorlar ham bor edi. Xususan, 10 yildan buyon TV va radiolardan uzilib qolgan xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi.

Yulduz Usmonova tadbirda boshqa hamkasblari, Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitovadan uzoqroq turdi. Uning ikki tarafidagi joyda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyev hamda Ulug‘bek Rahmatullaev egalladi.
 
Tadbir so‘nggida O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyev, Ulug‘bek Rahmatullaev, xonanda Shahzoda va Jahongir Poziljonov qo‘shiq kuylashdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shavkat Mirziyoev, Yulduz Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя