Главная » 2017 » Январь » 17 » Zarina Nizomiddinova otasi bilan ijro etgan birinchi va yagona roli haqida so‘zlab berdi
16:16

Zarina Nizomiddinova otasi bilan ijro etgan birinchi va yagona roli haqida so‘zlab berdi


Aktrisa Zarina Nizomiddinova otasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovni xotirlab, Instagram`dagi sahifasida otasi bilan birga ijro etgan birinchi va yagona roli haqida so‘zlab berdi.

“ ‘Dada, ana qarang, komission do‘kon,

Bizga olib bering magnitofon’. ‘Karate-karate’-1990 yillarning eng xit qo‘shiqlaridan. Bu qo‘shiq katta opam Mohinur hamda akam Shohruh tomonlaridan ijro etilgan.

Rasmni pastki qismida men, bundan kelib chiqib aytish mumkinki birinchi rolimni shu klipda ijro etgan ekanman. 

Dadam hayotliklarida klipda ham, kinoda ham birga suratga tushish nasib etmadi. Ammo, e’tibor berib qarasam, ijodimni aynan dadajonim bilan mana shu klipdan boshlagan ekanman. Inson har bir ishni boshlashdan oldin birinchi o‘rinda Allohning, so‘ngra ota-onaning ko‘magi juda katta yordam beradi, o‘sha damda otajonimning qo‘llab-quvvatlaganlari shu kungacha yordam berib kelyapti. Otajonim joyingiz jannatdan bo‘lsin. Doim qalbimizda, yuragimizdasiz”,—deb yozadi Zarina Nizomiddinova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov 2015 yil 23 aprel kuni vafot etgan edi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: zarina nizomiddinova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя