Главная » 2020 » Август » 8 » Ana xolos! Asal Shodiyeva “COVID-19"ga chalingan bemorlarga yordam berish maqsadida ko‘ylagini auksionga qo‘ydi
09:36

Ana xolos! Asal Shodiyeva “COVID-19"ga chalingan bemorlarga yordam berish maqsadida ko‘ylagini auksionga qo‘ydi


Bu haqda aktrisa o‘zining “Instagram"dagi sahifasida e’lon qildi va ko‘ylak suratini joyladi.

“Mavjud pandemiya muammosi tufayli sahifamga yordam so‘rab menga juda ko‘p xabarlar keldi!

Haqiqatan ham, har biringizga yordam berishni xohlayman! Menda eksklyuziv libosimni kim oshdi savdosiga qo‘yish g‘oyasi bor edi, maqsadim uni ma’lum miqdordagi narxga sotish, uni sotib oladigan har qanday qiz ham xayriya ishlarida ishtirok etadi va shu orqali pul ehson qiladi. Asosiysi, oqshom libosiga ega bo‘ladi...⠀

Kiyim sotishdan tushgan umumiy mablag‘ plastik kartaga o‘tkaziladi, so‘ngra mahalliy aholi o‘rtasida taqsimlanadi.

Onlayn auksion savdosidan tushgan mablag‘ muhtoj oilalarga yordam beradigan xayriya ishlariga sarflanadi...

Shuningdek, yordam berishni istagan har kim pulni kartaga o‘tkazishi mumkin! Qancha miqdorda bo‘lishidan qat’i nazar! Barchani bir-birimizga yordam berishga chorlayman!

Menimcha, ko‘plab ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarining eksklyuziv buyumlarini xayr-ehson qilish orqali yordam berishlari mumkin, shu bilan biz biroz vaqtgacha yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam beramiz! ⠀

Oqshom libosimiz S hajmli. Bo‘yining balandligidan qat’i nazar ozg‘in qizlarimizga mos keladi (kiyim uzunligi balandlikka qarab farq qiladi)!

Boshlang‘ich narxi 1 000 000 so‘m (bir million so‘m).

Libosning egasi boshlang‘ich miqdorida kiyim sotib olishga tayyor bo‘lgan yoki boshlang‘ich narxidan ko‘proq miqdorni taklif qila oladigan qiz bo‘lishi mumkin...

Karta raqami - 9860 0901 0224 7906”.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ko‘ylagini, chalingan, auksionga qo‘ydi, Asal Shodiyeva, bemorlarga, “COVID-19, yordam berish maqsadida, Ana Xolos | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя