Главная » 2020 » Апрель » 19 » Ana xolos! Hindlarning uyida nega hojatxona yo‘q?
18:34

Ana xolos! Hindlarning uyida nega hojatxona yo‘q?


An’anaga ko‘ra, hind ayollari turmush qurgandan keyin erining uyiga ko‘chib o‘tadilar va uning oilasi qoidalariga bo‘ysunadilar. Aksar hindlarning uylarida hojatxonalar yo‘q. Ular hojatxonani uyda bo‘lishi kerak bo‘lmagan iflos joy deb bilishadi. Hindlarning har bir uyida “xudo”larning tasvirlari yoki haykallari bo‘lgan ma’bad bo‘lsa  bo‘ladiki, ammo hojatxona bo‘lmaydi. Biroq ko‘p hollarda erining uyida hojatxona yo‘qligi vajidan ayollar ajralish uchun ariza bermoqda.

Qishloq aholisi necha avlodi hojatxona nima ekanligini bilishmaydi va hojat chiqarish uchun dalalarga chiqib kelishga odatlanishgan. Erkaklar uyatchan emaslar: uyning yonida yoki yo‘lning yoqasida bo‘shanib ketaveradilar. Ammo ayollarning holati juda og‘ir.

Quyosh botishi bilan ayollar ko‘zdan uzoqqa, dalalarga chiqib ketadi. Ular dalada o‘zlarini xavf ostiga qo‘yadilar: jinoyatchilarning hujumlari, ilon yoki chayonlarning chaqishi. Ushbu ayollardan biri bunga dosh berolmadi va 5 yil davomida "dalada" yurgandan keyin ajralish uchun ariza berdi.

Hukumat har bir uyni hojatxona bilan jihozlashni va’da qilmoqda, ammo hozirgi kunga qadar ba’zi hindlar an’anaviy amaliyotlar va gigiyena asoslari to‘g‘risida bilimlari yo‘qligi sababli jamoat va xususiy hojatxonalarga ehtiyojni rad etishda davom etmoqda.

Ushbu ayollarning hikoyalari asosida 2017 yili badiiy film ham suratga olingan. Film Hindistonda mazkur muammoning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligi tufaylimi, harqalay juda mashhur bo‘lib ketdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uyida, Hindlarning, hojatxona, Ana Xolos | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя