Главная » 2020 » Июнь » 3 » Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan xavfli ilovalar nomi aytildi
11:28

Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan xavfli ilovalar nomi aytildi


Google Play Store’ning Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan ikkita mobil ilovasi foydalanuvchilar uchun xavfli ekanligi aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularda "Yangi Joker zararli dasturi" topilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, josuslik moduli Speed Message-Beautiful and cute va Botmatic Messages ilovalarida mavjud. Ushbu dasturlar bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bo‘lib, matnli xabarlar almashish uchun foydalaniladi.

Joker josuslik dasturlari Google Play Store xavfsizlik choralarini chetlab o‘tishi bilan mashhur. Agar foydalanuvchi o‘z qurilmasida zararli kod bilan dasturni o‘rnatsa, tajovuzkorlar qurilmada turli operatsiyalarni bajarishga kirishadi. Xususan, ular xabarlarni to‘sib qo‘yishi, kontaktlarni o‘g‘irlashi, boshqa dasturlarni o‘rnatishi yoki pullik xizmatlarni avtomatik ravishda yoqib qo‘yishi mumkin.

Joriy yilning may oyida Bitdefender mutaxassislari Joker josuslik dasturi mavjudligini, u 2016 yildan beri ishlab kelishini ma’lum qilishgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: qurilmalari, xavfli ilovalar, Android, nomi aytildi, mo‘ljallangan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя