Главная » 2017 » Январь » 10 » “Bayram” guruhi sozandalaridan biri vafot etdi
13:00

“Bayram” guruhi sozandalaridan biri vafot etdi


9 yanvar kuni “Bayram” guruhi sozandasi Ravshan Hojiakbarov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda guruh a’zolari tahririyatimizga ma’lum qildilar.
 
Xabar qilishlaricha, Yangi yil bayramidan so‘ng Ravshan Hojiakbarovning qon bosimi tushib ketgan. Sozanda insultga chalinib, Olmaliqdagi shifoxonaga yotqizilgan. Chap oyoq-qo‘linini ishlatolmay qolgan Hojiakbarovning ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i tiklana boshlagan. Shifokorlar esa kelasi hafta uni jonlantirish bo‘limidan palataga olishlarini ma’lum qilishgan. Biroq bugun bemorning joni uzilgan.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Ravshan Hojiakbarovning jasadi shifoxonada. Janoza esa ertaga, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
 
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ravshan Hojiakbarovning oila a’zolari yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, sozandalar, Bayram guruhi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя