Главная » 2020 » Апрель » 30 » “Bobbi” filmidagi aktyor Rishi Kapur vafot etdi
10:49

“Bobbi” filmidagi aktyor Rishi Kapur vafot etdi


Bollivudning taniqli aktyori Rishi Kapur 67 yoshida Mumbaydagi klinikalardan birida vafot etdi. Aktyor saraton kasalligiga chalingandi, deya xabar berdi NDTV.

Rishi Kapur mashhur hind aktyori va rejissyori Raj Kapurning o‘g‘li. U Kapurlar oilasining filmlarida suratga tushgan yoshi katta so‘nggi vakil sifatida bilinardi.

Rishi Kapur birinchi jiddiy rolini “Mening ismim masxaraboz” (Mera Naam Joker, 1970) filmida ijro etgan. Aktyor otasi Raj Kapurning “Bobbi” (Bobby, 1973) filmidagi bosh roli bilan katta shuhrat qozongan. O‘zbek kinoixlosmandlari ham uni aynan shu roli bilan yaxshi taniydi. O‘shanda Rishi Hindistonda yil aktyori, deb topilgandi.

Rishi Kapur “Qasoskor” (Barood, 1976), “Amar, Akbar, Antoni” (Amar, Akbar, Antoni, 1977), “Sevgi iztirobi” (Prem Rog, 1982), “Chandni” (Chandni, 1989), “Ko‘r muhabbat” (Fanaa, 2006) va boshqa rollari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish.

Avvalroq, hindistonlik boshqa bir aktyor Irfon Xon vafot etgani haqida xabar bergan edik. U ham og‘ir dard bilan kurashib, hayotdan ko‘z yumgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, Bobbi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя