Главная » 2021 » Февраль » 10 » Britaniyada koronavirusning “xavotirliroq” turi aniqlandi
22:30

Britaniyada koronavirusning “xavotirliroq” turi aniqlandi


Britaniyalik olimlar ikki yo‘nalishda mutatsiyaga uchragan SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirish bo‘yicha 76 ta holatni qayd etdi. Yangi mutatsiyalar Bristol va Liverpulda aniqlangan, deb yozmoqda “RBK”.

SARS-CoV-2’ning Bristolda aniqlangan turi mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Yangi va rivojlanayotgan respirator viruslari xavfi bo‘yicha maslahat guruhi mutaxassislari mazkur shtamm nafaqat yuqumliroq bo‘lishi, balki vaksina bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib, unga qarshi turishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Ta’kidlanishicha, hozircha bu faqat xavotir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, vaksina olgan odamlar ushbu shtammlarning og‘ir ta’siridan himoya qilinadi. Sog‘liqni saqlash mutasaddilari, shuningdek, vaksinaning ushbu shtammlarga qarshi samarali bo‘lishiga katta ishonch bildirdi.

Xabarga ko‘ra, hozirda dunyo olimlarini xavotirga solayotgan to‘rtta koronavirus turi mavjud: ikkitasi “britancha”, biri Janubiy Afrikada va bittasi Braziliyada paydo bo‘lgan shtammlar.

Yanvar oyida Ogayo shtati universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusining ikkita yangi turini kashf etgani haqida xabar bergandi. Ular ikkala variant ham AQShda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilgan. Tadqiqotchilar fikricha, ushbu turlar ham SARS-CoV-2’ning avvalgi variantlariga qaraganda yuqumliroq bo‘lgan “britancha” shtamm kabi tezroq tarqaladi. Ammo olimlar yangi shtammlar vaksina samaradorligiga ta’sir qilmaydi deb hisoblamoqda.

Avvalroq Britaniyaga “qora ro‘yxat”dagi mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar uchun “COVID-mehmonxonalar” tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Mamlakatda 15-fevraldan boshlab COVID-19 xavfi yuqori bo‘lgan davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun ikki haftalik majburiy karantin joriy etiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Britaniyada, koronavirusning, xavotirliroq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя