Главная » 2020 » Июнь » 27 » Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi
22:00

Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi


Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy tizimi (NHS) olimlari saratonning davolab bo‘lmas shakllarida foyda beradigan dori vositasini yaratdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Gap Entrectinib — o‘smaning organizmning qayerida joylashganidan qat’i nazar uni yo‘q qilishga qodir dori vositasi haqida ketmoqda.

“Entrectinib kabi davolash usuli organizmning qayerida joylashgan bo‘lishga qaramay o‘smaning o‘sishini faollashtiruvchi genetik mutatsiyaga yo‘naltirilgan bo‘lib, u saratonni davolash metodlarida inqilobni amalga oshirishi mumkin”, — deydi NHS olimlaridan biri Meyndert Boysen.

Ta’kidlanishicha, saratonni davolashning an’anaviy usuli zararli o‘smaning qayerda joylashganiga bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dori vositasi saraton kasalligining kamyob turlaridan aziyat chekuvchi 12 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davolab bo‘lmaydigan, saratonning, dori vositasi yaratildi, shakliga qarshi, Britaniyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя