Главная » 2018 » Апрель » 8 » Chegaradagi otishma. Qirg‘iziston O‘zbekistondan izoh so‘radi
21:47

Chegaradagi otishma. Qirg‘iziston O‘zbekistondan izoh so‘radi


Oldinroq, bugun O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasida o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan qirg‘izistonlik fuqaroga o‘q uzilgani haqida xabar bergan edik.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko‘ra, 7 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:20 larda Jalolobod viloyati Aksi tumanidagi Mamay qishlog‘ida o‘zbekistonlik chegarachilar 1984 yilda tug‘ilgan qirg‘izistonlik fuqaro F.Mirzaliqovga o‘q uzgan. Natijada Mirzaliqov Kerben shahridagi hududiy shifoxonada vafot etgan.

O‘sha kunning o‘zidayoq O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi K.Rashidov mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari N.Abdurahmonov elchi K.Rashidovdan bo‘lib o‘tgan voqea sabablari to‘g‘risida xabar berilishini so‘ragan va O‘zbekiston TIVga Qirg‘iziston TIVning notasini topshirgan.

Shuningdek, vazirlik ushbu masalani nazorat qilib borishini hamda ikki mamlakatning tegishli idoralari bilan aloqada ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning “Kabar” axborot agentligi xabarida fuqaro chegaraning Qirg‘iziston tarafida bo‘lgani ta’kidlangan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosining dastlab O‘zbekiston tarafda bo‘lgani, Qirg‘izistonga qarab harakatlangani, chegarachilarning ogohlantirishiga qaramasdan qochib ketishga uringan.

Natijada fuqaro Qirg‘iziston tarafga og‘ir yaralangan holda qochib o‘tgan va avtomobilda kutib turgan sheriklari uni shifoxonaga olib ketgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Chegaradagi otishma, Chegara, otishma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя