Главная » 2021 » Июнь » 30 » Chivinlar aynan sizni chaqishining 7 sababi
09:48

Chivinlar aynan sizni chaqishining 7 sababi


Ayniqsa, issiq kunlarda har qachongidan ham ko‘payadigan va kayfiyat buzilishiga ta’sir qiladigan chivinlarning nima uchun kelib-kelib sizni tanlashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Siz xayolingizga ham keltirmagan, quyida ta’kidlangan omillar yoqimsiz hasharotlarni jalb qilishi mumkin.

Qon guruhingiz I bo‘lsa

Birinchi qon guruhiga mansub kishilar terlagan vaqtda chivinlarni o‘ziga jalb qiluvchi alohida bakteriyalar ishlab chiqaradi.

Sal avval sport bilan faol shug‘ullangan bo‘lsangiz

Jismoniy faollik yoki boshqa sabab bilan terlaganda, ter tarkibida sut kislotasi ham bo‘ladi. Bu esa chivinlar e’tiborini tortmay qolmaydi.

Pivo ichganda

Yaponiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda hatto bir porsiya pivo iste’moli ham ushbu hasharotlarni jalb qilishi mumkinligi isbotlangan.

Tor va yopishib turadigan libosda bo‘lish

Kiyimingiz qancha tor bo‘lsa, chivinlarning chaqishi shuncha oson bo‘ladi. Aynan shu sabab ham kiyim-kechak borasida erkin variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Nafas qisishi

Ba’zi olimlarning taxmin qilishicha, chivinlarni nafas chiqarganda ajraladigan karbonat angidrid ko‘proq jalb qilishi aniqlangan. Aynan shu sabab ham chivinlarni tez-tez nafas oladigan kishilar ko‘proq qiziqtiradi.

Homiladorlik

Homilador ayollarning tana harorati biroz yuqori ekani hamda nafas olishning tezligi chivinlarga magnit singari ta’sir qiladi.

Metabolizmning jadalligi

Salomatlik va tashqi ko‘rinishning ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun foydali hisoblangan jadal metabolizmda tana harorati biroz ko‘tariladi, shuningdek, siydik va sut kislotasi ajralishi ham tezlashadi. Bularning bari, xususan ter hidining kuchayishi chivinlar uchun ayni muddao hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: sababi, chaqishining, chivinlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя