Главная » 2021 » Январь » 28 » Oxirzamon qachon bo‘lishi va uning sababi aytildi
14:35

Oxirzamon qachon bo‘lishi va uning sababi aytildi


London Qirollik jamiyati tadqiqotchisi va Manchester universiteti professori, fizik Brayan Koks Yerda oxirzamon taxminan milliard yil ichida sodir bo‘lishi mumkinligini bashorat qildi. Bu haqda Britaniyaning "Express" nashriga asoslanib xabar berilgan. 

Olimning fikriga ko‘ra, Quyoshdagi vodorod zaxiralarining kamayishi sayyoraning o‘limiga sabab bo‘ladi. 

Vodorod Quyoshning yoqilg‘isidir va u tugashi bilan uning yadrosi qulashni boshlaydi.

Shu tufayli yulduz kengayadi va Yerdagi harorat shunday darajaga yetadiki, unda hayot mavjud bo‘lishi imkonsiz bo‘lib qoladi. 

Fizik Quyosh kengayishda davom etib, ulkan o‘lchamga yetishini va Yerni butunlay qamrab olishini taxmin qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Oxirzamon, sababi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя