Главная » 2020 » Ноябрь » 7 » Diyetolog koronavirusda hid bilish qobiliyatini qanday tiklash mumkinligini ma’lum qildi
10:15

Diyetolog koronavirusda hid bilish qobiliyatini qanday tiklash mumkinligini ma’lum qildi


A vitamini koronavirusga chalingan odamlarda yo‘qolgan hid bilish qobiliyatini tiklashga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik diyetolog Rimma Moysenko xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vitamin deyarli barcha jonivor va o‘simliklardan olingan yog‘lar tarkibida mavjud.

«U go‘sht, parranda, baliq yoki ikra, shuningdek, sarg‘ish rangli meva-sabzavotlar: sabzi, qovoq va xurmo; o‘simlik yog‘lari: zaytun va chia yog‘i, yong‘oqlarda bor», — deydi Moysenko.

A vitaminining foydali xususiyatlarini faollashtirish uchun uni yog‘lar bilan birga iste’mol qilish kerak, deya ta’kidladi diyetolog. Masalan, sabzini smetana bilan birga salat ko‘rinishida tanovul qilish tavsiya etiladi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bunday taom hid bilish qobiliyatini tez tiklashga va virusni yengil o‘tkazishga yordam beradi.

Hid bilish qobiliyatini yo‘qotish koronavirus infeksiyasining eng birinchi va aniq alomatlaridan biri hisoblanadi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, COVID-19ni yuqtirganlarning 70 — 85 foizi hid bilish qobiliyatini yo‘qotadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Koronavirusda, mumkinligini, Diyetolog, ma’lum qildi, hid bilish, tiklash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя