Главная » 2021 » Октябрь » 1 » Diyetolog kimlarga ko‘k choy mumkin emasligini aytdi
17:32

Diyetolog kimlarga ko‘k choy mumkin emasligini aytdi


Ko‘k choy tetiklantiruvchi ichimliklardan biri hisoblanadi, lekin ba’zi turdagi odamlarga uni ichish tavsiya etilmaydi. Bu haqda diyetolog Svetlana Fus ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘k choy antioksidantlarga, B guruhi vitaminlariga, mineral tuzlarga, tanin va kofeinga boy. Ichimlik tozalovchi va bakteritsid vazifasini bajaradi. 

“Biroq, ba’zi hollarda, ko‘k choy sog‘likka zarar yetkazishi mumkin. Masalan, homilador ayollar ko‘p choy ichmasliklari kerak, chunki uning tarkibida kofein bor. Xuddi shu sababga ko‘ra, uni glaukoma va gipertoniyada ham iste’mol qilmaslik kerak”, deydi mutaxassis. 

Ta’kidlanishicha, ko‘k choy tarkibidagi tanin organizmdagi temir darajasiga, shuningdek kalsiy va magniyning so‘rilishiga salbiy ta’sir qiladi. Shu munosabat bilan, mutaxassis ko‘k choyni ovqat bilan emas, balki bir soatdan keyin ichishni tavsiya qilgan. 

Shuningdek, ichimlikni o‘n ikki barmoqli ichak yarasi yoki kasalligi bilan og‘riganlar ichmasligi kerakligi aytilgan.

Fus choyni ehtiyotkorlik bilan tanlash muhimligini ham ta’kidlagan. U muzli choy tarkibida ko‘plab zararli moddalar borligini eslatgan. Diyetolog choyning kundalik normasi uch-to‘rt finjon ekanini aytgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ko‘k choy, Diyetolog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя