Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » Diyetolog arzon va foydali oziq-ovqatlarni sanab o‘tdi
11:35

Diyetolog arzon va foydali oziq-ovqatlarni sanab o‘tdi


Shvetsiyalik diyetolog Kristina Anderson arzon va foydali mahsulotlar nomini keltirib o‘tdi. Bu haqda Svenska Dagbladet nashri yozmoqda.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, diyetaga piyozni qo‘shmoq kerak, chunki uning tarkibida vitaminlar va ozuqaviy moddalar mavjud va bakteritsid ta’siriga ega. Qizil piyoz ayniqsa antioksidantlarga boy.

Karam iste’moliga ham katta e’tibor qaratmoq lozim, u organizmni saraton kasalligidan himoya qiluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, oshqozon muammosidan aziyat chekadigan odamlar karamni xom emas, balki pishgan holda iste’mol qilishlari kerak.

Diyetolog shuningdek, ko‘plab minerallarni o‘z ichiga olgan kartoshka, sabzi va lavlagi kabi ildizli sabzavotlarini tez-tez iste’mol qilishni maslahat berdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: oziq-ovqatlarni, arzon, a foydali, Diyetolog, sanab o‘tdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя