Главная » 2020 » Сентябрь » 2 » Eng yaxshi sarmoya ilmdir! Mana buning isboti...
09:14

Eng yaxshi sarmoya ilmdir! Mana buning isboti...


Rasmdagi bu yigit - Sundar Pichay, hindistonlik. U bundan 27 yil oldin AQShning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQShga uchib ketadi.

Sundar Pichay 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 million dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Buni hech qachon unutmang! Dunyodagi eng yaxshi sarmoya - bu farzandingizni kelajagini o‘zgartira oladigan ta’limi uchun sarflangan sarmoyadir.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Mana buning isboti, sarmoya, ilmdir, eng yaxshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя