Главная » 2021 » Апрель » 5 » IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi
17:50

IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi


IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentga mashhur tabib Ali Maxmus Hasan keldi” nomli turli hil ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur’on oyatlarini o‘qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo‘lmagan (falaj, ko‘zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma’lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.

Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, shov-shuvga aylanib borayotgan, fuqarolarni tez to‘planib qolishiga olib kelayotgan holatlari kuzatilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz", deyiladi bayonotda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ali Maxmus Hasan, Tabib, IIV, bayonot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя