Главная » 2020 » Май » 27 » «Ipoteka bank»ning koronavirusga chalingan xodimi borgan joylar ma'lum qilindi
15:13

«Ipoteka bank»ning koronavirusga chalingan xodimi borgan joylar ma'lum qilindi


«Ipoteka bank»ning koronavirus yuqtirib olgan xodimi «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

U respublika «Ipoteka bank» bosh boshqarmasining 24 may kuni koronavirusdan zararlanish tashxisi qo'yilgan xodimining epidemiologik marshrutiga oid ma'lumotlarni ochiqlagan.

«Ayni paytda koronavirus yuqtirgan «Ipoteka bank» xodimining virusni qayerdan yuqtirgani, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun surushtiruvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur bemorga oid ma'lumotlarni aniqlash jarayonida uning «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgani ma'lum bo‘ldi», deya qayd etdi shtab a'zosi.

Bozorlarga faqat ehtiyoj bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rgan holda borish maqsadga muvofiqligi qayd etib o‘tildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ipoteka bank, ma'lum qilindi, koronavirusga, xodimi, chalingan, joylar, borgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя