Главная » 2020 » Май » 11 » Farg‘onada koronavirusga chalingan 7 nafar bemor qoldi
14:09

Farg‘onada koronavirusga chalingan 7 nafar bemor qoldi


Samarqand viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Ayni paytga qadar ushbu viloyatda 80 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi.

Farg‘onada tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 139 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 150 nafarga yetdi. Ta’kidlash joizki, hozirgacha ushbu hududda 158 ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, bir nafar vafot etgan bemordan tashqari, ayni paytda 7 nafar bemor davolanmoqda. Shunday qilib, ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1945 nafarni tashkil etmoqda.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chalingan, koronavirusga, Bemor, Farg‘onada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя