Главная » 2020 » Май » 18 » Koronavirusga chalingan futbolchi uyiga ayol kishini taklif qilib, “qo‘lga tushdi”
22:29

Koronavirusga chalingan futbolchi uyiga ayol kishini taklif qilib, “qo‘lga tushdi”


Londonning "Chelsi" jamoasi hujumchisi Kallum Xadson-Odoi polisiya tomonidan izolyasiya rejimini buzganligi uchun hibsga olindi.

“The Sun” xabariga ko‘ra, 19 yoshli ingliz futbolchisi ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol bilan tanishib qolgan va unga mashina jo‘natib, G‘arbiy Londondagi uyiga taklif qilgan.

Ertasi kuni tongda esa o‘zini yomon his qilgan mehmon “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilgan, voqeadan xabar topgan polisiyachilar futbolchining uyiga borib, izolyasiya rejimini buzganligi uchun hibsga olishgan.

Avvalroq, mart oyida Xadson-Odoining koronavirusga chalinganligi haqida xabar berilgan edi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: futbolchi, qo‘lga tushdi, koronavirusga, chalingan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя