Главная » 2020 » Август » 13 » JSST Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasiga munosabat bildirdi
11:54

JSST Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasiga munosabat bildirdi


Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bilan bog‘liq holatni izohlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik mutaxassislari har qanday xavfsiz va samarali vaksina hamma uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 vaksinasi Rossiya Federasiyasining dori-darmonlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan xabardor", - deyiladi tashkilot izohida.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’kidlanishicha, JSST "butun dunyo bo‘ylab bunday vaksinalardan tezkor, adolatli va teng huquqli foydalanishga" chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya dunyoda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat "Sputnik V" nomini oldi. Uning birinchi partiyasi keyingi ikki hafta ichida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirus vaksinasiga, munosabat bildirdi, Rossiyada, ro‘yxatdan o‘tkazilgan, JSST | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя