Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Kanadalik hinduizm ixlosmandi bo‘lgan shifokor bemorlarni Qur’on yordamida davolaydi
17:28

Kanadalik hinduizm ixlosmandi bo‘lgan shifokor bemorlarni Qur’on yordamida davolaydi


Kanadadagi kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan shifokor o‘z bemorlariga Qur’onni tinglashga ruxsat berib, davolaydi, deya xabar bermoqda The Siasat Daily.
Doktor Jagdish Anand Roy Kanadada eng yaxshi oftalmologlardan biridir. U bir necha yil avval asos solgan o‘z klinikasining rahbari.
Qizig‘i shundaki, hinduizm ixlosmandi doktor Jagdish musulmon emasligiga qaramay, uning klinikasida doimiy ravishda Muqaddas Qur’on translyasiyasi yoqilib turadi. U asosan "Yosin"va "ar-Rahmon" suralarini tinglaydi.
"Islomosfera" veb-saytiga ko‘ra, bu an’ana haqida gapirganda, doktor Jagdish Qur’on butun insoniyat uchun mo‘ljallangan, deydi. Qur’on o‘qishning foydalari haqida gapirar ekan, klinika muhitini yanada tinchlantirib, bemorlarning tuzalishiga hissa qo‘shishini aytadi. Doktor Jagdish tadqiqotiga ko‘ra, "Ar-Rahmon" surasini besh marta tinglash ba’zi ko‘z kasalliklarini davolaydi.
Unga ko‘ra, klinika tashkil etilganidan buyon bu yerda Qur’oni Karim tilovati tinmay qo‘yiladi. U va uning bemorlari Qur’on tinglash orqali ma’naviy xotirjamlikka erishadi. Ba’zi bemorlar undan nima uchun klinikada Qur’on tilovati efirga uzatilishini so‘rashadi. Chunki ular u o‘zining diniga bizni chorlamoqchi, degan xayolga borishadi.
Islom tinchlik dini ekanligini eslatib, Jagdish Anand Roy Islom haqidagi noto‘g‘ri g‘oyalardan qutulish lozimligini ta’kidlaydi. Doktor Jagdish har bir dinni hurmat qiladi va kichik farqlarga qaramay, ularning barchasi bir xil nomani o‘z ichiga oladi, deydi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ixlosmandi, Kanadalik, yordamida, Qur’on, bemorlarni, hinduizm, davolaydi, shifokor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя