Главная » 2017 » Август » 20 » Kollej va litseylarning test imtihonlari natijalari e’lon qilindi
16:09

Kollej va litseylarning test imtihonlari natijalari e’lon qilindi


15-avgust kuni o‘tkazilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga saralash test sinovlarining natijalarini hisoblash ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda. Abituriyentlar bugun, 20-avgust kuni saralash test sinovida to‘plagan ballarini qabul komissiyalarining e’lonlar taxtalarida joylashtirilgan saralash test sinovi natijalari qaydnomalaridan bilib olishi mumkin.

Shuningdek, saralash test sinovi natijasini mobil telefoni orqali bilib olish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun mobil telefonlari orqali javoblar varaqasi raqamini 5100 raqamiga SMS ko‘rinishida jo‘natish va to‘plagan umumiy ballni, o‘quvchilikka tavsiya etilgan yoki etilmaganini bilib olish mumkin.

Saralash test sinovi natijasini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali bilish xizmati ham yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun test natijalari bo‘limiga kirib, “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkazilgan saralash test sinovlari natijalari” sahifasining tegishli katakchasiga abituriyent o‘ziga tegishli javoblar varaqasi raqamini kiritish lozim.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: test, mtihonlari natijalari, Kollej va litseylarning, e’lon qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя