Главная » 2020 » Апрель » 30 » Koronavirus o'pkada bemor sog'aygandan so'ng ham «yashirinishi» mumkin — olimlar
17:19

Koronavirus o'pkada bemor sog'aygandan so'ng ham «yashirinishi» mumkin — olimlar


Koronavirus organizmda sog'aygandan keyin ham qolishi mumkin, bu Xitoyning Chunsin shahrida joylashgan Armiya tibbiyot universiteti olimlari tomonidan aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning o'pkasida virus o'ta chuqurlikda saqlanib qoladi va uni oddiy test tizimi yordamida aniqlashning imkoni yo'q.

Misol tarzida uch marta analiz topshirgan va uch marta ham test uning organizmida «kovid» yo'qlini ko'rsatgan ayol keltirilgan. Shu bilan ayol kasalxonadan chiqishga tayyorlangan, ammo ertasi kuni yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Ayol jasadi yorib ko'rilgach, koronavirus qismlari o'pkaning chuqur to'qimalarida mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga ayolda hech qanday simptomlar kuzatilmagan.

Olimlarning fikricha, sog'aygan odamlarda koronavirus takrorlanishi holatlariga aynan shu holat bilan izoh berish mumkin.


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sog'aygandan so'ng, o'pkada, olimlar, Bemor, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя