Главная » 2016 » Ноябрь » 9 » Munisa Rizayeva: Do‘stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar
11:28

Munisa Rizayeva: Do‘stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar


Xonanda Munisa Rizayevaning Instagram ijtimoiy tarmog‘iga yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e’tiborini tortdi. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so‘zlari uning muxlislarini bee’tibor qoldirmadi. 

“Mangulik... Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib o‘zlarini aslida mangu qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi. Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tamonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim!!!”,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini. 

Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so‘ragan. Mazkur savolga javoban u 

“Peshona!!! Alloh o‘zi biladi qachon, nima qanaqa! Siz o‘zingizni hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!”,—deya javob berdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя