Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Munisa Rizayeva: Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim...
10:30

Munisa Rizayeva: Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim...


O‘zining shaddod xarakteri, olovligi, quvnoqligi bilan muxlislari ko‘z o‘ngida gavdalanadigan Munisa Rizayevaning instagram ijtimoiy tarmog‘idajoylashtirgan so‘nggi fotosurati va unga yozib qoldirgan izohidan biz bilgan xonandaning shashtidan asar ham qolmagandek edi go‘yo. Bu holat uning kuzatuvchilarini ham biroz tashvishga soldi. U yana yolg‘on qurboniga aylandimi? “Mangulik...Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan hudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib, suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib, o‘zlarini aslida manguk qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi.  Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni  minnat qilmayman-u ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimkiYu bu meni mayda molekulalar zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim” – deya xonanda afsus bilan instagram ijtimoiy tarmog‘ida izoh qoldirdi.

Uning gap-so‘zlaridan yana bir do‘sti unga xiyonat qilganligini anglash qiyin emas. Buni o‘qigan kuzatuvchilar unga tasalli berib, qo‘llab-quvvatlashga kirishdilar. Biroq har doim muxlislariga hozirjavob bo‘lgan xonanda negadir jim. Nima bo‘lganda ham xonandaga kuch-quvvat tilab, tushkunlikka tushmay, yangi ijod namunalarini  muxlislariga armug‘on etishda davom etishlarini, yana oldingidek, xushkayfiyatda bo‘lishini so‘rab qolamiz.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя