Главная » 2021 » Апрель » 29 » Nima uchun hot-dog (issiq it)?
10:57

Nima uchun hot-dog (issiq it)?


XIX asrning o‘rtalarida, AQSh ko‘chalarida ilk bor hot-dog (tarjimasi - issiq it) sotuvchilari paydo bo‘lganida, odamlar uni it go‘shtidan tayyorlangan deb tushunishgan. Ba’zida bunday shubhalar haqiqatdek ham tuyulgan, chunki o‘sha paytlarda do‘kondan xarid qilsa bo‘ladigan "tayyor sosiskalar" hali ixtiro qilinmagan bo‘lgan. Shuning uchun hot-dog tayyorlovchilar qiymani o‘zlari pishirib, unga sosiska shaklini berishiga to‘g‘ri kelgan...Odamlar esa arzonga tushgani uchun hot-dogchilar it go‘shtidan foydalanadi deb hisoblashgan.
1904 yilda AQShda hatto "It fabrikasi" (Dog Factory) nomli komediya suratga olingan bo‘lib, unda firibgar sotuvchilar daydi itlardan hot-dog tayyorlab shahar aholisiga ularni sotayotgani aks ettirilgan.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: issiq, hot-dog, IT | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя