Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Nobel olgan olim koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi
09:37

Nobel olgan olim koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi


Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan britaniyalik virusolog Maykl Xouton yangi koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib boryapti. Bu haqda professor 2010 yildan beri ishlab kelayotgan Kanadaning Alberta Universiteti bayonotida aytilgan.

"Maykl Xoutonning erishgan yutug‘ini ta’riflashga til ojiz. Doktor Houton dunyoni yanada yaxshi holatga keltirdi. U vaqtini bag‘ishlagan Universitet Prezidenti sifatida, men Xoutonning ishi shunday e’tirofga sazovor bo‘lganidan xursandman", degan Universitet Prezidenti Bill Flenagan.

Flenagan professorni tabriklash asnosida, u yaqinda SOVID-19 ga qarshi vaksina yaratish ustida ish boshlaganini aytgan. 

Qayd etilishicha, u 2004 yilda SARS-SoV-1 virusiga qarshi muvaffaqiyatli vaksina yaratgan, ammo unga hech qanday talab bo‘lmagan.

Ma'lumot uchun, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Xarvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik virusolog Maykl Xouton munosib ko‘rildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olgan, Olim, ishlayotgani, ustida, ma’lum bo‘ldi, Nobel, vaksina, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя