Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Koronavirusga umrbod immunitet qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi
19:07

Koronavirusga umrbod immunitet qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi


«Vektor» biotexnologiya davlat ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori Rinat Maksyutovning fikricha, COVID-19ga umrbod immunitet shakllanishi mumkin.

«Immun tizimning ayrim xususiyatlarida, masalan, kasallik og‘ir kechganda umrbod immunitet shakllanishi mumkin», — dedi u «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Xavfli virus. Vaksinalar» filmida.

Maksyutovning aniqlik kiritishicha, agar odam koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazgan bo‘lsa, u holda unda yetarlicha immunitet shakllanadi va vaksinatsiyaga hojat qolmaydi. Bordi-yu, xastalik yengil yoki alomatsiz shaklda kechgan bo‘lsa, immunitet darajasi unchalik kuchli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois COVID-19 profilaktikasi uchun emlanishiga to‘g‘ri keladi, deya izohladi «Vektor» bosh direktori.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum bo‘ldi, Immunitet, shakllanishi, koronavirusga, Umrbod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя