Главная » 2021 » Апрель » 7 » O‘zbekistonda vaksina olgan 71 kishida nojo‘ya ta’sir kuzatilgani ma’lum bo‘ldi
21:34

O‘zbekistonda vaksina olgan 71 kishida nojo‘ya ta’sir kuzatilgani ma’lum bo‘ldi


Emlashdan so‘ng, 49 602 fuqarodan 71 nafarida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bugun, 7 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirgi kunga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojo‘ya ta’sirlar 71 holatda qayd etilgan. Bular quyidagicha nojo‘ya ta’sirlar:

  • 45,7 foizida tana haroratining 37,5 darajadan oshishi;
  • 21,2 foizida tanada og‘riq;
  • 14,1 foizida emlagan joyda qichishish;
  • 11,2 foizida yengil bosh og‘rig‘i;
  • 6,1 foizida emlangan joyda og‘riqning paydo bo‘lishi;
  • 2,7 foizida asabiylashish, holsizlanish, qo‘rqish kabi belgilar.

Uning qayd etishicha, shu vaqtgacha emlangan fuqarolarda jiddiy asoratlar kuzatilmagan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 49 602 fuqaro emlangan, ularning 29 860 nafari AstraZeneca vaksinasi bilan, qolgan 19 742 nafari esa ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vaksina, ta’sir, nojo‘ya, olgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя