Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin qanday asoratlar qolganini ma’lum qildi
16:49

Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin qanday asoratlar qolganini ma’lum qildi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin nafas olishda kichik-kichik muammolar kuzatilgani haqida “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Shifoxonadan davolanib chiqqanimdan keyin bir hafta mobaynida uyda bo‘ldim. Shu davr mobaynida nafas olish, tez hansirab qolish, bir maromda nafas olish bo‘yicha kichik-kichik muammolar kuzatildi. Albatta, nafas olish tizimi faoliyati to‘liq tiklanib ketishi uchun vaqt kerak bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tgani sayin bu kabi belgilar kamayib bormoqda. Hozir nafas olish, chiqarish mashqlarini bajarish orqali o‘pka faoliyatini ancha tiklab oldim va faoliyatimni davom ettirmoqdaman”, – dedi O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori.

Intervyu mobaynida Otabek Nurmatov o‘zida yondosh kasalliklarning yo‘qligi, koronavirusdan to‘liq va tezroq forig‘ bo‘lish imkonini berganini aytib o‘tdi.

“Xursand bo‘ladigan jihati shuki, menda hech qanday yondosh kasalliklar yo‘q. Qon bosimim joyida, qand kasalligim yo‘q, oshqozon-ichak tizimida, jigar va buyrak faoliyati bilan bog‘liq muammolar yo‘q. – dedi olim.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, avvalroq oila a’zolarida ham koronavirus aniqlangan, lekin Otabek Nurmatovdan boshqa oila - a’zolariga kasallik yuqmagan.

Avvalroq, Nurmat Otabekning nimalarni xalqqa gapirib bergan bo‘lsa, kasallikning klinik belgilarini hammasi o‘zida kuzatilgani va qanday qilib koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, professor qo‘shimcha davolash usullari va dori-darmonlarsiz sog‘ayib ketganini ma’lum qilgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: asoratlar, davolanib, ma’lum qildi, Nurmat Otabekov, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя