Главная » 2020 » Май » 2 » SSV bugun koronavirusdan to‘liq sog‘ayganlar sonini ma’lum qildi
18:17

SSV bugun koronavirusdan to‘liq sog‘ayganlar sonini ma’lum qildi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan navbatdagi 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. 

O‘zbekiston bo‘ylab jami tuzalganlar 1271 nafarga yetdi. Bugun 59 kishi sog‘aydi, deya ma’lum qildi SSV.

Sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan hamda 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bir nafari Turkiyadan charter reyslar orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 34 yosh bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 401 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 409 nafarga yetdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘liq sog‘ayganlar, ma’lum qildi, koronavirusdan, SSV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя