Главная » 2021 » Март » 22 » O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi
22:04

O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi


2021-yil 15-mart kuni Namangan shahrida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu yil 15-mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs xonadonida bo‘lgan temir seyf ichidagi 200 AQSh dollari, 2.058.000 so‘m pullari va umumiy narxi 1.300.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuk hamda bir juft tilla baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari  tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan o‘g‘li sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 18-mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘g‘ri, o‘g‘li | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя