Главная » 2018 » Январь » 7 » Oyda bo‘lib qaytgan amerikalik astronavt Jon Yang 87 yoshida vafot etdi
22:05

Oyda bo‘lib qaytgan amerikalik astronavt Jon Yang 87 yoshida vafot etdi


Oyda bo‘lib qaytgan amerikalik astronavt Jon Yang 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda NASA rasmiy sayti ma’lum qildi, deb xabar beradi “Izvestiya”.

“Biz astronavt Jon Yangni yo‘qotganimizdan qayg‘udamiz. U ikki bor Oyga uchgan, uning yuzasiga qadam bosgan, ilk Space Shuttle missiyasi ishtirokchisi bo‘lgandi. U 6 bor koinotda bo‘lish nasib etgan birinchi inson, har tomonlama astronavtlar astronavti edi”, — deyiladi xabarda.

Jon Yang 1962-yili astronavtlar otryadiga tanlab olingandi. U 2004-yili NASA bilan hamkorlikni to‘xtatgan va Marsga ekspeditsiyalar tashkillashga imkon beradigan texnologiyalarni rivojlantirishni targ‘ib etishga kirishgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, Jon Yang | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя